O‘zbek yigiti Strasburg filarmonik orkestrining yangi rahbari etib tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

2021 yil sentyabr oyidan o‘zbekistonlik 32 yoshli dirijyor Aziz Shohakimov Strasburg filarmoniya orkestrining musiqiy va badiiy rahbari lavozimiga kirishadi. U bilan uch yillik shartnoma tuzildi, deb xabar berdi fransuz musiqiy jamosi.

Shohakimov Bambergdagi (Germaniya) Gustav Maler nomidagi xalqaro dirijyorlik konkursi va Zalsburg yoshlar dirijyorlik konkursi laureati hisoblanadi. U Germaniya Janubi-G‘arbiy radiosi Simfonik orkestri, Elba filarmoniya orkestri, Radio-Frans filarmoniya orkestri va boshqa jamoalar bilan ishlagan. 2015 yili o‘zbek dirijyori Dyusseldorf Reynidagi Nemis operasida kapelmester (xor kapellasi orkestri rahbari) lavozimini egallab keladi.

2014 yili Shohakimov Strasburg orkestri bilan konset bergan va ayrim sozandalar bilan yaxshi tanish. Dirijer jamoa bilan repertuarni turli yo‘nalishdagi kuylar bilan boyitish istagini bildirgan. "Bu ajoyib sozandalar bilan kuy yaratishni sabrsizlik bilan kutib qolaman", deb yozgan Shohakimov o‘zining Facebook`dagi sahifasida.

Strasburg filarmoniya orkestri 1855 yili tashkil topgan. U Milliy Reyn operasining asosiy orkestri hisoblanadi. Orkestrning bosh maydoni Musiqa va kongress saroyi sanaladi. 1994 yili jamoa milliy orkestr maqomiga ega bo‘lgan. Uning tarkibida yuzdan ortiq muziqachilar mehnat qiladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Shohakimov

Baholaganlar

286

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar