O‘zbek-tojik chegarasida fuqarolarni o‘tkazish boshlandi. Ammo hamma uchun emas
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
11002Uch toifa fuqarolarga O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidan o‘tishga ruxsat berildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” Tojikiston Hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’dumotlarga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston yoki Tojikiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi fuqarolariga chegaradan o‘tishga ruxsat bergan.
Talabalar, Tojikiston chegarasini kesib o‘tishda pasportdan tashqari, talabalik guvohnomasi va koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnomani ham ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, chegarani Tojikiston yoki O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘i va farzandlari bor fuqarolar ham kesib o‘tishi mumkin. Ular ham pasport bilan birga nikoh, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va koronavirus aniqlanmagani haqida ma’lumotnoma ko‘rsatishi kerak.
Uchinchi toifaga O‘zbekiston va Tojikistondagi koronavirusga qarshi respublika shtablaridan tegishli xatni olgan fuqarolar kirgan.
Manbaning aytishicha, bugungi kunda tomonlar Toshkent va Dushanbe o‘rtasida 2021 yil 1 yanvardan aviaqatnovlarni tiklash borasida muzokaralar olib boryapti.
LiveBarchasi