O‘zbek talabalari “surish” bo‘yicha mintaqada ikkinchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni qariyb 86 ming nafarga yetdi. Bu borada mintaqada Qozog‘iston, dunyoda esa Xitoy yetakchilik qilmoqda.Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.

UNESCO’ning statistika instituti tomonidan 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan ma’lumotlarga ishonilsa, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etmoqda. 

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 33 ming nafarga ortgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi 90,3 ming nafar talaba bilan mintaqada yetakchilik qilmoqda.

Dunyo miqyosida Xitoy Xalq Respublikasi 1,1 mln talabasi xorijda tahsil olishi bilan mutlaq yetakchilik qilmoqda.

Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

•  Qozog‘iston – 90,3 ming nafar;

•  O‘zbekiston – 85,9 ming nafar;

•  Ukraina – 79,9 ming nafar;

•  Turkmaniston – 68,2 ming nafar;

•  Rossiya – 57,6 ming nafar;

•  Afg‘oniston – 31,9 ming nafar;

•  Tojikiston – 28 ming nafar;

•  Belarus  – 24,5 ming nafar;

•  Qirg‘iziston – 13,3 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 9 oyida 124,1 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘qish uchun chet elga ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing