O‘zbek sporti tarixida ilk bor zamonaviy beshkurash sportida Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritildi
Sport
−
12 noyabr 2019
3007Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu turnirda o‘zbek sporti tarixida ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiya uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.
Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
1. Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog‘iston
Zamonaviy beshkurash yaqin-yaqingacha O‘zbekistonda past rivojlangan sport turlaridan biri bo‘lib kelar, hatto sportchilarning shug‘ullanishi uchun bazasi ham yo‘q edi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi