O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
25 avgust 2020
63882O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova bugun, 25 avgust kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Aktrisa bir oydan buyon koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan edi.
Dilbar Ikromova teatr sahnasida ko‘plab esdaqolarli rollar ijro etdi. Birgina "Kelinlar qo‘zg‘aloni" spektaklidagi roli uni san’at sohasida shuhrat qozonishiga katta xizmat qildi.
Dilbar Ikromova 1947 yilning 17 iyul kuni Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tavallud topgan. 1970 yilda sobiq Teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan.
1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2001 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2014 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari aktrisaning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi