O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 11 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekiston xalq hofizi, o‘zbek maqom san’ati ustasi, xalq ardog‘idagi ustoz san’atkor Mahmudjon Tojiboyev 62 yoshida olamdan o‘tdi.

Mahmudjon G‘oziyevich Tojiboyev 1957 yil 25 noyabrda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan.

Xonanda va sozanda. O‘zbekiston xalq hofizi (2000). Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni (1984 yildan), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti (2000) bo‘lgan.

Repertuaridan Shashmaqom (“Saraxbori Navo”, “Saraxbori Dugoh”, “Mo‘g‘ulchai Segoh”, “Navro‘zi Sabo”, “Nimcho‘poniy” va b.) va Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot» va b.), katta ashula (“Yovvoyi Chorgoh”, “Yolg‘iz”, “Ey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, “Asiriy” va “Ldoiy”, “Chorzarb”, “Bozurgoniy”) va 20-a. bastakorlari (“Keldik”, “Nazzora qil”, K. Jabborov; “Kezarman”, F. Toshmatov; “Jonim erursan”, M. Murtazoyev; “Dilrabolar”, O. Nuriddinov; “Bu oqshom”, O. Hotamov va b.) asarlari o‘rin olgan.

Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo‘lgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilari tanlovi g‘olibi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmudjon Tojiboev

Baholaganlar

993

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar