Özbek misi Tesla, Mercedes, Rolls-Royce va Ferrari’da işlatiladi – Tohir Şaripov (video)

Biznes

−

image

Özbekiston misi Tesla, Mercedes, Rolls-Royce va Ferrari kabi avtokonsernlar avtomobillarining ehtiyot qismlarida işlatiladi. Bu haqda joriy yilning 9 noyabr kuni ötkazilgan elektrotexnika tarmoğida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotda Prezident Şavkat Mirziyoyev Elektrotexnika tadbirkorlari kengaşi raisligiga tavsiya qilgan tadbirkor – ProCab kompaniyasi asosçisi Tohir Şaripov “Özbekiston 24”ga bergan intervyusida gapirdi.

Qayd etilişiça, öşa yiğilişda Özbekistonda 2030 yilga borib mis işlab çiqariş hajmini 500 ming tonnaga yetkaziş rejasi e’lon qilingan. Bu – dunyoda mis işlab çiqariş böyiça Top-10 davlat qatoriga kiriş degani. 2017 yilda bir tonna mis xomaşyosining narxi 5-6 ming dollar atrofida bölgan bölsa, hozirgi kunda uning qiymati 14 ming dollarga yetgan.

“Juda mukammal, juda töğri qaror edi. Sabablari – birinçidan, hurmatli Prezidentimiz tahlil qilib aniqlangan 47 million tonna [mis] zaxira bor dedilar. Bu – jiddiy raqam. Dunyoda bunaqa karer yöq. Ya’ni, 47 million degani, tasavvur qiling, hozirgi işlab çiqariş 500 ming tonnaga oşirilgan taqdirda ham u 100 yilga yetadi. Şuning uçun Prezidentimiz ertaga çiqadigan şunça mahsulotni xomaşyo sifatida emas, hozirdan harakat qilib, investitsiya jalb qilib, yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlarga erişiş kerakligini urğuladi. Albatta, misni şunçaki xomaşyo sifatida sotiş notöğri. Bundan maksimal darajada foydalanib, iloji boriça yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş kerak”, deydi Tohir Şaripov.

Uning aytişiça, ayrim kabel mahsulotlari borki, ularning bir konteyneri narxi 1,5-2 million dollar yoki mahsulot sifatida bir tonnasi 150-200 ming dollarga baholanadi. Ya’ni, oddiy xomaşyodan 10 baravar qimmat. Bundan taşqari, bugungi kunda bozorda, hatto, tanqisligi mavjud mahsulotlar ham bor. Özbekistonda kelajakda bu sohani ham özlaştiriş rejalaştirilmoqda. 

Tohir Şaripov Prezident uni Elektrotexnika tadbirkorlari kengaşi raisligiga tavsiya qilgani haqida gapirarkan, şunday deydi:

“Umuman kutilmagan taklif böldi. Juda hayajonlandim. Çunki bu – hurmatli Prezidentimizning işonçi, şu bilan birga, juda jiddiy mas’uliyat”.

Uning bildirişiça, yiğilişda kelgusi yildan “1000 muhandis-konstruktor” dasturi boşlanişi e’lon qilingan. Dastur doirasida mahalliy mutaxassislar malaka oşiriş uçun Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga yuboriladi. Nufuzli xorijiy kompaniyalarda işlayotgan yuqori malakali özbekistonliklarni mamlakatga jalb qiliş uçun ularga munosib iş haqi va mehnat şaroitlari yaratiladi.

“Zör taşabbus böldi va muhimi, 1000 muhandisning 100 foiz xarajatlari qoplab beriladi. Natijada bir yoki beş yilda erişiladigan rejaga bir neça oyda yetiladi. Çunki tayyor muhandislar keladi, örgatadi, töğridan töğri işlab çiqarişda, sanoatda işlaydi. Bu Özbekistonda birinçi marta sodir bölişi”, deydi Tohir Şaripov. 

Tadbirkorning aytişiça, u Özbekistonning elektrotexnika bozorini kengaytiriş masalasida Amerikada bir qator uçraşuvlar ötkazişni rejalaştirmoqda.

“Öylaymizki, uçraşuvlar ijobiy natija bilan tugaydi. AQŞda dunyo miqyosida Top-5 ga kiradigan Hardtree, Coficab kabi korxonalar bor. Bundan taşqari, yana bir neça moliyaviy institutlar – Bank Atlantic, Oppenheimer banki, Bank of Montreal bor. Öşalar bilan uçraşamiz”, deydi tadbirkor.

Uning bildirişiça, Coficab, Hardtree va ProCab örtasida konsorsium tuzilgan. Uşbu korxonalar öz sohasi böyiça ma’lum bir vazifani bajaradi. Masalan, Coficab töğridan töğri Tesla’ga xomaşyo yetkazib beradi, Hardtree esa moliyalaştiradi. Bu bozorda ikki mexanizm xatosiz işlaşini ta’minlaydi.

Ma’lumot uçun, Coficab – bugungi kunda dunyodagi avtomobil sanoati kabellari böyiça birinçi raqamli korxona. Butun dunyoning 23 foiz bozor hajmiga ega, ya’ni 23 foiz avtomobil sanoati kabellari Coficab’ga tegişli. Xususan, Tesla korxonasida 70 foiz, Yevropadagi Mercedes konsernida 95 foizi faqat Coficab mahsuloti. Bu degani – özbek misi qayta işlanib, Tesla va Mercedes-Benz kabi kompaniyalarga eksport qilinadi.

“Ularning içida Ferrari, Rolls-Royce ham bor. Quvonarlisi, biz Coficab bilan gaplaşdik: Rolls-Royce, Ferrari yoki boşqa maşhur brendlarni ham ProCab mahsuloti bor, deb reklama qilişga ruxsat oliş arafasidamiz. Öylaymanki, 1 yanvardan uning ham ruxsatini olib, reklamasini boşlaymiz”, deydi Tohir Şaripov.

Şaripovga köra, bundan 10 yil oldin hozirgidek imkoniyatlar yöq edi.

“Heç qanday imkon yöq edi. Amerika Qöşma Ştatlari bilan, hatto Yevropa bilan ham işlaşni muhokama qilib bölmasdi. Çunki aloqalar umuman yaxşimasdi. Viza oliş ham juda qiyin bölgan. Hozirgi kunda vizani tez beradi. Töğridan töğri, heç qanday kafolatsiz resurslar olişni boşladik. Tasavvur qiling, u vaqtlarda davlat miqyosida oliş ham qiyin edi. Hozir xususiy korxonalar töğridan töğri resurs olişi mumkin. Bugungi kunda bir neçta banklardan taklif bor. Muammo yöq, faqat biz ularning orasidan arzonroğini oliş niyatidamiz, tanlayapmiz.

Özbekistonga juda köp tadbirkorlar köçib kelişni, biznesini olib ötişni, markazini köçirişni boşladi. Sir emas, Amerika Qöşma Ştatlaridan bir neça yirik korxonalar Toşkent xalqaro moliya markazida şö’basini oçmoqçi”, deydi tadbirkor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing