Procab – O‘zbekistonda quyosh batareyalari uchun birinchi va yagona kabel ishlab chiqaruvchisi!

Biznes

“Procab” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekistonda SOLAR kabelining birinchi va yagona ishlab chiqaruvchisi sanaladi.

Markaziy Osiyo va Yevropadagi yetkazib beruvchilarning talablarini o‘rganib chiqqan holda “Procab” MCHJ quyosh panellari uchun maxsus kabellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Va ayni paytda u ushbu sohadagi birinchi va yagona kabel ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bozorida quyosh batareyalariga bo‘lgan talab 2023 yildan boshlab keskin oshgan.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan  X01Z2Z2-K izolyatsion modelli quyosh fotoelektr kabeli ishlab chiqildi. Yangilangan uyg‘unlashtirilgan (X1Z2Z2-K) Yevropa standartidagi quyosh kabeli  quyosh panellari kabi fotovoltaik tizimlarga ulanish uchun mo‘ljallangan. Sim yoki sistemaga statsionar, ichki va tashqi o‘rnatish uchun texnik jihatdan javob beradi.  Zarbaga bardoshlilik darajasi sinovdan o‘tkazilgan. Shu sababli grunt sohasida  o‘rnatishga mos keladi.  Yong‘in, tutun chiqindilari va zaharli bug‘lar uskunalarga potensial xavf tug‘diradigan qurilmalarga o‘rnatishga mos keladi. Suv o‘tkazmaydigan sinf AD8 ga kiradi.

Bozorda qanday kabel ishlatiladi?

O‘zbekiston bozorida quyosh panellari uchun mo‘ljallanmagan kabeldan foydalanish holatlari uchrab turadi, bunda asosan an’anaviy o‘zgaruvchan tok kabelidan foydalaniladi. Yoki umuman elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallanmagan simdan foydalanish holatlari ham mavjud.

Kabellarni almashtirishda qanday kamchiliklar mavjud?

Quyosh panellari uchun mo‘ljallanmagan kabellardan foydalanish qisqa tutashuvga va salbiy  oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki an’anaviy kabel o‘zining xususiyatlariga ko‘ra energiyani panellardan inverterga kerakli parametrlarda o‘tkaza olish qobiliyatiga ega emas.

SOLAR kabelining afzalligi nimada?

  • Quyosh uchun ish kuchlanishi 1100 voltgacha yoki 1500 bo‘lishi kerak - oddiy kabel faqat 600 V uchun mo‘ljallangan.
  • Foydalanish ochiq havoda amalga oshirilganligi sababli , kabel ultrabinafsha nurlanishiga chidamli bo‘lishi kerak va past yoki yuqori haroratlar tufayli izolyatsiyaga zarar yetkazilmaydi.
  • Kabel mahsulotlarining ulanishlari uzoq vaqtga chidamli va ishonchli bo‘lishi kerak, ish paytida oksidlanish bo‘lmasligi lozim.
  • quyosh kabelining eng muhim afzalliklari ob’ekt va investitsiyalar holati va xavfsizligiga ta’sir qiladi, chunki quyosh stansiyasi o‘z-o‘zini qoplaydigan sarmoyadir.

Quyosh panellari kimga kerak?

Quyosh stantsiyalari dizayneri  sifatida biz hamma uchun kerakli yechimni taklif qila olamiz:
ofis, chakana savdo binolari (tomda, tashqi yoki yer osti stantsiyalarida energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash), ishlab chiqarish ob’ektlari (tom, soyabon) fermer xo‘jaliklari (avtonom sug‘orish tizimlari yoki qo‘shimcha energiya manbasini olish uchun fotovoltaik modullarni o‘rnatish).

Kabellar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin:

Ma’lumot uchun: +998 55 506 44 44

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.procab.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Procab SOLAR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar