“Oltin Humo” taqdirlash marosimi: Kino sohasida kimlar eng yaxshi bo‘ldi?

Madaniyat-san’at

14

Kecha, 28 dekabr kuni “Oltin Humo” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimiga taklif etilgan o‘zbek kinoyulduzlari an’anaga ko‘ra alvon rangli gilamdan o‘tdi.

Tadbir avvalida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, taqdirlash marosimini ochib berdi. 

2022 yilgi taqdirlash marosimida 2021 yilning 1 yanvaridan 2022 yilning 1 oktyabriga qadar premerasi bo‘lib o‘tgan jami 85 ta badiiy va hujjatli film 17 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun kurashdi. Har bir nominatsiya g‘oliblariga 25 million so‘m miqdorida mukofot puli topshirildi.

Tadbirda “Oltin Humo” statuetkasi AQSHning “Oskar” mukofoti statuetkasini ishlab chiqaradigan zavod tomonidan tayyorlangani ma’lum qilindi.

Kinotaqdimot saralash komissiyasi tomonidan 16 ta nominatsiya g‘olibligiga 5 nafardan nomzod saralab olingan.

  • “O‘zbek kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasida quyidagi san’at arboblari taqdirlandi:
  • O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov;
  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Filologiya fanlari doktori Hamidulla Akbarov;
  • San’atshunoslik fanlari doktori Jo‘ra Teshaboyev;
  • “Qoraqalpoqkino” agentligi direktori Bektileo‘ Nizamatdinov;
  • “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi direktori Baxtiyar Madiyarov.

Shuningdek, “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:

Eng yaxshi hujjatli film: “Matonat”, rejissyor Shuhrat Mahmudov;
Eng yaxshi animatsion film: “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
Eng yaxshi kompyuter grafikasi: “Abdulla Qodiriy” filmi uchun Davlat Arabshoyev,
Eng yaxshi ovoz rejissyori: “Muhabbat bahori” filmi uchun Abduqahhor Karimov;
Eng yaxshi montaj ishi: “101-reys” filmi uchun Xurshid Alixo‘jayev;
Eng yaxshi grim rassomi: “Muqimiy” filmi uchun Galina Ivanova;
Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi: “Muqimiy” filmi uchun Anastasiya Sushuk;
Eng yaxshi rassom ishi: “Muqimiy” filmi uchun Alisher Umrzoqov;
Eng yaxshi kino bastakori: “Tutqunlik” filmi uchun Dmitriy Yanov-Yanovskiy;
Eng yaxshi operatorlik ishi: “Hayrat” filmi uchun Azizbek Arziqulov;
Eng yaxshi ssenariy: “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi: “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov;
Eng yaxshi ayol roli: “Ayol qismati” filmidagi roli uchun Ra’no Shodiyeva;
Eng yaxshi erkak roli: “101-reys” filmidagi roli uchun Hoshim Arslonov;
Yilning eng yaxshi filmi: “Ayol qismati” filmi uchun Dilmurod Masaidov.

“Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyasi g‘oliblari maxsus platformada va ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. 

Tomoshabin mehrini qozongan film: “Baron 2. Sog‘inch” filmi uchun Rustam Sa’diyev.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda o‘tkazilgan “Oltin Humo” kinomukofotining taqdirlash marosimida rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” kinokartinasi “Yilning eng yaxshi filmi” deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin Humo

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar