Eng yaxshi film, aktyor, rejissyor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Madaniyat-san’at
−
23 dekabr 2021
16083Rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” kinokartinasi “Yilning eng yaxshi filmi”, deb topildi.
Bu haqda kecha, 22 dekabr kuni “Kinochilar uyi”da bo‘lib o‘tgan "Olin Humo" milliy kinotaqdimot marosimida ma’lum qilindi.
Taqdimotga taklif etilgan kinoyulduzlar alvon yo‘lakdan o‘tib, “Kinochilar uyi”ga kirishdi. Tadbir avvalida, o‘zbek kino arxividagi eng sara filmlar va shu vaqtgacha kino sohasida amalga oshirilgan ishlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinomatografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov so‘zga chiqib, taqdimotni ochib berishdi.
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov o‘z nutqi davomida o‘tgan yili taqdirlash marosimi pandemiya sabab o‘tkazilmaganini aytib o‘tdi.
“Bu taqdimot ikkinchi marotaba o‘tkazilyapti. O‘tgan yili pandemiya sababli o‘tkaza olmagan edik. Bu yil ko‘rib turganingizdek saroyda bo‘lib o‘tmoqda. Prezidentimiz qarori bilan bu maskan “Kinochilar uyi”, deb ataldi. Bu ham kinochilarga qaratilgan katta e’tibordir.
Bundan tashqari, “Quruq sovrin berasizlar, quruq sovrin hech narsa bo‘lmaydi”, degan gaplar quloqqa chalingan edi. Endi bu yil faxr bilan “Har bitta sovrinning tagida 10 mln so‘mdan pul mukofoti bor”, deb ayta olamiz. Aziz Abduhakimov bilan shu masalada gaplashdik. Xudo xohlasa, yaqin 5 yilda, bu pul mukofotini 100 mln so‘mga chiqarish niyatimiz bor”, dedi Matchonov.
Tadbir davomida vafot etgan kinoyulduzlar yodga olinib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:
Энг yaxshi hujjatli film: “Xalq jasorati”, rejissyor Ali Hamroyev;
Eng yaxshi animatsion film: “Avtosarguzashtlar 4”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
Eng yaxshi kompyuter grafikasi: “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxo‘jayev;
Eng yaxshi kino bastakori: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ubaydulla Karimov;
Eng yaxshi montaj ishi: “Tengiz” filmi uchun Xurshid Alixo‘jayev;
Eng yaxshi grim rassomi: “Ilhaq” filmi uchun Zilola Sobirova;
Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi: “Ilhaq” filmi Zuhra G‘aniyeva;
Eng yaxshi rassom ishi: “Qo‘qon shamoli” filmi uchun Isobek Egamberdiyev;
Eng yaxshi ovoz rejissyori: “Ilhaq” filmi uchun Anvar Fayzullayev;
Eng yaxshi ssenariy: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Umid Hamdamov;
Eng yaxshi operatorlik ishi: “Ilhaq” filmi uchun Jahongir Ibragimov;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ayub Shahobiddinnov;
Eng yaxshi ayol roli: “Ilhaq” filmi uchun Dilorom Karimova;
Eng yaxshi erkak roli: “Ibrat” filmi uchun Karim Mirhodiyev;
Tomoshabin mehrini qozongan film “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, rejissyor Rixsivoy Muhammadjonov;
Yilning eng yaxshi filmi “Ilhaq” filmi uchun rejissyor Jahongir Ahmedov.
LiveBarchasi