O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan yosh bolalarni ham emlash mumkinmi?

Salomatlik

image

O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini hozircha yosh bolalarda qo‘llash mumkin emas. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bugun, 29 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, biror vaksina bilan ma’lum bir aholi qatlamining emlanishiga ruxsat berishdan avval, klinik sinovlar o‘tkaziladi. Xususan, O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan aholi qatlamiga o‘zbek-xitoy vaqsinasi bilan emlanishga ruxsat berishdan avval ham ko‘ngillilar orasida xuddi shunday klinik sinov o‘tkazilgan. 

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda o‘zbek-xitoy vaqsinasi qo‘llanishiga ruxsat berish uchun Innovatsion rivojlanish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Virusologiya instituti ishtirokida ko‘ngillar orasida klinik sinov o‘tkazilishi kerak. Agar sinovlar ijobiy natija bersa, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan bolalarni ham emlash mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarning COVID-19'ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishiga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing