O‘zbek-qozoq chegarasida turnaqator navbat yuzaga keldi
Olam
−
24 may 2023 11601 1 daqiqa
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkiston viloyatidagi bojxona postida yuzlab yuk mashinalar tirbandlikda qolib ketmoqda. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, haydovchilar navbatda bir necha kunlab turishga majbur bo‘lmoqda. Nazorat punktidan tezroq o‘tish uchun esa qo‘shimcha pul to‘lashlari kerak.

“Kazigurt” nazorat punkti yaqinidagi avtomagistralda ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan. Yuk ortilgan mashina haydovchilari O‘zbekistonga kirishga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Yuk tashuvchilardan birining aytishicha, u bir kunda bor-yo‘g‘i 200 metr oldinga harakatlanishga erishgan. Haydovchilar mashinalar istalgan daqiqada oldinga siljiydi va navbatni yo‘qotishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinalarining tirbandlikda qolib ketishiga “Qoplonbek” postida olib borilgan rekonstruksiya ishlari sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025