O‘zbek-qozoq chegarasida 40 ta “fura” o‘tkazilmadi. Haydovchilardan biri o‘zini yoqmoqchi (video)

Jamiyat

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida uzundan-uzun tirbandlik yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, bunga O‘zbekiston tomoni yuk mashinalarini chegaradan o‘tishiga ruxsat bermagan.

Sentyabrning so‘nggi kunlarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Daut-Ota” chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan 40 ta yuk mashinasi karvoni to‘xtatib turilgan. Bu haqda “Kommersant” nashriga Rustam G‘afforov ismli yuk tashuvchi mashina kuzatuvchisi ma’lum qilgan.

Rustamning so‘zlariga ko‘ra, u akasi bilan Belarus, Rossiya va Qozog‘istondan hech qanday to‘siqsiz o‘tib kelgan. Ammo ular faqat qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tish jarayonida muammolarga duch kelgan.

“Akam va men Yevropadan yuk mashinasini sotib oldik. Bu yuk mashinasi Belarus, Rossiya, Qozog‘iston orqali o‘tib O‘zbekiston chegarasidagi “Daut-Ota”ga yetib keldik. Bu kunlar bojxona rasmiylashtiruvisiz o‘tishi mumkin bo‘lgan so‘nggi kunlar edi. Bizni yangi oy (oktyabr) boshlanishigacha atayin uch kun ushlab turdi. Vaqt yaqinlashganda, ya’ni 1 oktyabr soat 24:01 dan yuk mashinalari o‘tishiga ruxsat berildi. Hozir yuk mashinalaridagi tirbandlik 10 kmga yetdi”, degan G‘afurov.

Boshqa bir Rustam ismli haydovchi “Hozir menda 60 ming so‘m qoldi xolos. Lekin bojxona xodimlari 1,5 million so‘ramoqda. Men uni qayerdan olaman? Agar bizning mashinalarimizga kirishga ruxsat berilmasa, biz adolatsizlikka qarshi chiqishni va yo‘lni to‘sib qo‘yishni rejalashtiryapmiz”, deb o‘z noroziligini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chegarada ushlab turilganlardan biri o‘zi va yuk mashinasiga o‘t qo‘ymoqchi. Manbaga ko‘ra, o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan odam va uning sheriklari tovarlarni hisoblashda bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlarini hisobga olmagan va endi u zarar ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qozog'iston yuk mashinasi

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing