O‘zbek futboli qachon o‘zgaradi?

Intervyu

Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Muxlis esa stadionga ongli ravishda, sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun borishi kerak.  Bir insonning vaqtini saviyasiz futbol bilan o‘g‘irlash qaysidir ma’noda futbol klublari tomonidan qilinayotgan “jinoyat”dir. Haqiqiy muxlis o‘z yurti, o‘z shahri jamoasini har qanday qiyin holatda ham qo‘llab-quvvatlashi lozim. Professional jamoa esa sodiq va fidoyi ishqibozlariga munosib bo‘lishi, o‘z jonkuyarlari uchun ham maydonda borini berib to‘p tepishi zarur. Shundagina yurtimizda futbolning muhiti har tomonlama yaxshilanadi. 

Bugungi kunda sport ishqibozlarini qanday muammolar qiynaydi? Hozirda stadionlarda maza qilib futbol ko‘rish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganmi? Umuman O‘zbekistonda futbol madaniyati qanday holatda?

Qalampir.uz navbatdagi mehmoni bilan suhbatda yuqoridagi savollarga imkon qadar aniq va batafsil javob oldi.

O‘zbekistonda ko‘pchilik haligacha O‘FAning sobiq rahbari Umid Ahmadjonov nega ishdan olinganiga aniq izoh izlaydi. Ahmadjonov davrida qilingan futboldagi ko‘pgina islohotlar jamoatchilik yodida bor, lekin o‘sha davrda Ahmadjonov “komanda”siga yetarlicha bosimlar, tanqidlar bo‘lgani haqida ham gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadi.

Xo‘sh, Ahmadjonovdan keyin O‘zbekistonda futbol qay darajada o‘zgardi? Bugungi kunda o‘zbek futboli daraja nuqtai nazaridan boshqa Osiyoning yetakchi mamlakatlari bilan raqobatlasha oladimi?

So‘nggi yillarda O‘zbekiston chempionatida bo‘layotgan o‘zgarishlar tahsinga sazovor. O‘zbek futbol klublarining o‘yin saviyasi anchagina yaxshilangan va tomoshabop o‘yinlar soni ko‘payib bormoqda, biroq O‘zbekiston umumiy futbol infratuzilmasi bilan maqtana oladimi?

Umid Ahmadjonov davrida O‘FA va PFL sport tadbirlarini uyushtirish bo‘limi xodimi bo‘lib ishlagan Otabek Odilov o‘sha davr va hozirgi vaqt futbolini taqqoslab, futbol ildiziga bolta bo‘layotgan muammolar haqida ochiq fikrlarini bildirdi.

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing