O‘zbek dzyudochilari xalqaro turnirda 2 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 4-5 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston vakillari uchun 2 ta medal bilan yakunlandi.

+100 kg vazn toifasida Shohruh Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun o‘zaro bahs olib bordi va yakunda Yusupovning qo‘li baland keldi. 60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov ham shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Ma’lumot uchun, “Katta dubulg‘a” musobaqasida umumiy 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi mamlakat sharafini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Davlat Bobonov kichik jarohati sabab ishtirok eta olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Parij

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing