O‘zbek banklarida rubl uchun yana maxsus koridor belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi tijorat banklarida Rossiya rublini ayirboshlash uchun yana maxsus koridor tashkil etildi.

Bugun, 7 mart holatiga ko‘ra, banklarda rubl 70-90 so‘mdan sotib olinib, 100-150 rubldan sotilmoqda.

O‘tgan haftada ham o‘zbek banklarida rubl ayirboshlash uchun koridor tashkil etilgandi. Bu jamoatchilik faollarining e’tirozi sabab bo‘lgandi.

Mutaxassislar rubl uchun maxsus koridor tashkil etish rossiyaliklarning rubllarini O‘zbekistonda dollarga almashitirishi uchun imkoniyat bo‘lib, bu Rossiya gardaniga yuklangan sanksiyalar zararini o‘zbek so‘miga ortqilash ekani aytilib, xavotir bildirgandi.

Ko‘p o‘tmay, Markaziy bank rubl uchun koridor rossiyaliklarga emas, balki Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlarning topgan puli qiymatini xaddan tashqari yo‘qotmasligi uchun qilinganini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

875

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing