O‘zbek baxshichiligi og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
16 may 2022
14925Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchilik maktabining yorqin vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi.
Baxshi Abdunazar Poyonov 1949 yilda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tavallud topgan. 2003 yilda “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan. Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o‘zlashtirgan Abdunazar baxshi repertuaridan “Alpomish“, “Malika ayyor“, “Sherali“ va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan yuzlab termalar o‘rin olgan. Xalqaro va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonovning vafoti munosabati bilan oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi