O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
25 iyul 2023
21544Bugun, 25 iyul kuni yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Luqmon Bo‘rixon 1965 yil 15 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Dastlabki hikoyasi — “Begimqul katta” 1987 yilda nashr qilingan. Shundan so‘ng yozuvchining “Yalangoyoq” (1991), “Sirli muallim” (2006), “Xizr ko‘rgan yigit” (2007) cingari hikoya va qissalar to‘plamlari bosmadan chiqqan. 2005 yilda yozuvchi “Jaziramadagi odamlar” romanini chop ettirgan.
Ma’lumot uchun, Luqmon Bo‘rixon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan.
LiveBarchasi