O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
29 iyun 2022
60288Kecha, 28 iyun kuni adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul 74 yoshida vafot etdi.
U 1949 yil 28 martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1966-1970 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olgan.
Ibrohim Haqqul 1970-1972 yillarda "Shofirkon haqiqati" gazetasida bo‘lim boshlig‘i va muharrir vazifalarida ishlagan.
Uning "Navoiy va Mavlono Ashraf", "Daryo kabi hamisha uyg‘oq..." kabi ilk adabiy maqolalari shu gazetada bosilib chiqqan.
Olim 1972 yildan to hozirga qadar Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat qilib kelgan.
Ibrohim Haqqul 1976 yili "O‘zbek adabiyotida ruboiy" mavzusida nomzodlik, 1995 yili "O‘zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti" mavzusida esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Dastlab uning "O‘zbek adabiyotida ruboiy" (1981), "Uvaysiy she’riyati" (1982), "Badiiy so‘z shukuhi" (1987) kitoblari nashr etilgan bo‘lsa, keyin "Zanjirband sher qoshida" (1989), "She’riyat - ruhiy munosabat" (1989), "Abadiyat farzandlari" (1990), "Tasavvuf va she’riyat" (1991), "Kamol et kasbkim..." (1991), "G‘azal sog‘inchi" (1991) kabi 20dan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.
U rus tilidagi ikki jildlik "Istoriya uzbekskoy literaturi" kitobining mualliflaridandir.
LiveBarchasi