O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
26 mart 2020
14754O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov bugun, 26 mart kuni vafot etdi.
Oxunjon Hakimov 1934 yilning 20 fevralida Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida dunyoga kelgan.
O‘rta maktabdan so‘ng Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan.
Oxunjon Hakimov ijod olamiga 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida kirib keldi. Shundan buyon uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratildi.
Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, “Mehnat va turmush” jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.
Oxunjon Hakimov lirik shoir sifatida o‘zbek adabiyoti rivoji yo‘lida xizmat qildi.
U qaysi mavzuda, qaysi janrda, qaysi vaznda asar yaratmasin, hamisha odamlarning baxt-saodati, imoni, ma’naviyat haqida o‘z qarashlarini olg‘a suradi.
Shoirning “Ilhom vodiysi”, “Farg‘ona ruboiysi”, “Vatan qasidasi”, “Lirika”, “Dostonlar”, “Ko‘zlaringni o‘zi qora”, “Qizlar xayol sursalar” kabi she’riy guldastalari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘qilib keladi.
Uning “Muhabbatni ko‘zlardan izlang” (1996) nomli she’riy majmuasi esa ma’lum ma’noda saylanma hamdir.
U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. 2006 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi