“O‘zavtoyo‘lbelgi” 2,7 mlrd so‘m byudjet mablag‘ini “tuya qilgani” aniqlandi

3-sahifa

image

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, “O‘zavtoyo‘lbelgi”ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.

Ammo davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MCHJ bilan jami 9 milliard 193 million so‘mga teng 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 milliard 701 million so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

“Holat yuzasidan “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK va 5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing