“UzAvto Motors” avtomobillari shartnomasi ortidan “soqqa” qilayotganlarning sho‘riga sho‘rva to‘kilyapti
Olam
−
21 fevral 2022 48583 1 daqiqa
“UzAuto Motors”ga birdaniga bir necha avtomobil uchun to‘lovni amalga oshirib, uni bozor qiymatida sotish bilan shug‘ullanuvchilarning sho‘riga sho‘rva to‘kiladigan bo‘ldi. Bundan buyon Avtomototransport sotib olish bo‘yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
“Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Ya’ni, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo‘l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo‘lsa, avtotransport o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi