UzAuto O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumida 570 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Biznes

image

21 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi biznes-forum davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin, UzAuto Motors, Qozog‘iston Taraqqiyot banki va Allur kompaniyasi (Qozog‘iston) qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 570 million dollarlik qator shartnomalar imzolandi.

“UzAuto Motors” AJ va Qozog‘iston Taraqqiyot banki Qozog‘istonda "Allur" avtomobil zavodi quvvatlarida kichik hajmdagi yig‘ish usuli bo‘yicha  yiliga 30 000 dona “Chevrolet Onix” avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Loyihani amalga oshirish uchun taxminan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar jalb qilinadi, bu esa "UzAuto Motors"ga Qozog‘istonda o‘z mavqeini mustahkamlash va boshqa potensial eksport bozorlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.

UzAuto Motors va Allur o‘rtasidagi Qozog‘istonga Allur zavodiga 500 million dollarlik avtomobil komplektlari va butlovchi qismlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha imzolangan kelishuv ham O‘zbekiston eksport potensialini kengaytirishga xizmat qiladi.

UzAuto Motors, Qozog‘istondagi loyihalardan tashqari, qozog‘istonlik hamkorlari bilan O‘zbekistonda zamonaviy, innovatsion ehtiyot qismlar tarqatish markazini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv natijasi O‘zbekistonga 20 million dollar miqdorida investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, logistika zanjirlari va yetkazib berish yo‘nalishlarini optimallashtirish hamda yuklarni tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘ladi.

Hamkorlikni istiqbolli rivojlantirish rejasida tomonlar bozorlarning ehtiyojlari va iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda avtomobillar qatorini yangilash va kengaytirish imkoniyati to‘g‘risida kelishib olishdi. Avtomobilsozlik sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga yangi turtki beradi, mintaqaviy hamkorlikni kengaytiradi, bu orqali eksport bozorlarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing