“UzAuto Motors” to‘rtta yangi avtomobilni taqdim etdi (fotoreportaj)

Texnologiya

ауто2

“UzAuto Motors” to‘rtta yangi avtomobilni taqdim etdi
 
"”UzAuto Motors Powertrain” zavodi hududida "UzAuto Motors” kompaniyasining yangi Traiblazer, Equinox, Traverce, Tahoe avtomobillari taqdimot o‘tkazildi. 
 
Taqdimotda jurnalistlar, kompaniya vakillari va yangi avtomobil modellariga befarq bo‘lmagan insonlar ishtirok etdi. 
 
Taqdimot davomida namoyish etilgan to‘rtta yangi avtomobil modellari imkoniyatlari bilan birma-bir tanishtirib o‘tildi. 
 
 

Chevrolet Trailblazer
 

Dvigatelining hajmi 3,6 litr, 275 ot kuchi hamda to‘liq uzatma avtomobil egasining o‘zi va oilasiga to‘liq himoyalanganlik hissini beradi. Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi. Avtomobil soatiga 100 km tezlik olishi 9,1 soniya vaqt oladi. Aralash sikl uchun yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 9,7 litrni tashkil qiladi.


 
Boshqaruvga shimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati bilan birga ushbu yo‘ltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomg‘ir sezgich, bort kompyuteri, salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink taklif qiladi.
 
Trailblazer eng so‘nggi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Oltita xavfsizlik yostig‘i bilan bir qatorda, kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa ko‘p qulayliklarga ega.
 
O‘zbekistonda avtomobil sakkiz rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Traverse

Chevrolet Traverse 8 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar va biznes sinfidagi eng keng yukxona, haydash rejimi va to‘liq uzatmaning eng ilg‘or tizimini tanlash funksiyasi, bashang tashqi ko‘rinish va ishlov berilgan salon – ushbu avtomobil har qanday vazifaga moslasha oladi. 318 318 ot kuchiga ega Chevrolet Traverse dvigateli murosasiz ishlash imkonini beradi. Avtomobil 7,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi.


 
Intellektual to‘liq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yo‘llarda avtomobilni boshqaruvini kuchaytiradi va old uzatmani tanlash qo‘shimcha yoqilg‘i tejashni ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda, siz oldingi yoki to‘liq uzatmaga harakat vaqtida ham o‘tishingiz mumkin.
 
Chevrolet Traverse o‘zgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Buning yordamida Traverse sizga yo‘lni yaxshiroq his qilish imkonini beradigan ishonchli boshqaruvni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Tahoe
 
Chevrolet Tahoe – bu puxta o‘ylangan dizayn, qulay va shinam salon, innovatsion texnologiyalar, multimedia hamda xavfsizlikning eng yuqori darajasi.


 
Yuqori sifatli materiallar bilan bezatilgan salon, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan zamonaviy Chevrolet MyLink multimedia tizimi, yangilangan 6,2 litrli V8 EcoTec dvigateli, 426 ot kuchiga ega quvvat - cheksiz imkoniyatlar va texnik mukammallik mujassamligidir. Chevrolet Tahoe murosaga odatlanmaganlar uchun juda mos keladi.
 
Avtomobil 8 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning o‘rindiqlari yig‘ilganda, bagaj xonasining hajmi 2680 litrgacha yetadi. 
 
Yo‘lning barqarorligi g‘ildirak bazasining uzunligi 2946 mm, yo‘lning yopiqligi - 200 mm bo‘shliq bilan ta’minlanadi.  
 
Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi – u 6,8 soniyada 100 km tezlikka yetadi. 100 km uchun 9,7 litr yoqilg‘i sarf qiladi.
 
Avtomobil uchta rangda taqdim etiladi.  

Chevrolet Equinox 
 
Chevrolet Equinox yaxshi o‘ylangan ergonomikaga ega ixcham, manevrli krossover, asosan shaharda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Chevrolet Equinox egalari avtomobil xavfsizligining zamonaviy imkoniyatlarini, 9 bosqichli avtomat uzatma shahardan tashqarida foydalanishga ham imkon beradi. 
 
Yoqilg‘i idishi hajmi 59 l, 2.0 Turbo dvigatelga ega va iste’moli aralash siklida 8,2 litr 100 km tashkil qiladi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 s da 100 km/s gacha.
 
Avtomobilning tashqi qismida, salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektr uzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar. Isitiladigan va elektrbukiladign oynalar. 
 
Klassik holatda yukxona hajmi 670 litrni tashkil etadi va orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida haydovchi 1627 litrga teng yukxona sig‘imiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi. 
 
Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Traverse hamda Chevrolet Tahoe avtomobillarini sotish 2019 yilning 26 dekabridan boshlanadi, Chevrolet Equinox - 2020 yilning mart-aprel oylaridan.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

392

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing