“UzAuto Motors Powertrain”ga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
04 yanvar
11682Saidazim Mirkamolovich G‘ulomov “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror 2024 yil 26 dekabrda kompaniya aksiyadorining yig‘ilishida qabul qilingan.
Saidazim G‘ulomov yangi rahbar tayinlangunga qadar kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi. Yangi bosh direktorni tayinlash bo‘yicha qaror 2025 yilning 30 iyunga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “UzAuto Motors Powertrain” zamonaviy ikkinchi avlod B-DOHC (Double Overhead Camshaft) benzin va ikki yoqilg‘ida ishlovchi, shuningdek, turbo va atmosferali CCSS (Cylinder Set Strategy) Prime dvigatellarini ishlab chiqaradi. Kompaniya Onix, Tracker va Cobalt kabi mashhur modellar uchun ishlatiladigan 1,2 litr va 1,5 litr hajmli dvigatellarni ishlab chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida korxonaning sobiq rahbari Bu Andersson “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” rahbari sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.
LiveBarchasi