UzAuto Motors dilerlik korxonasi rahbarini ishdan oldi

Jamiyat

image

UzAuto Motors kompaniyasi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan dilerlik korxonasi rahbarini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganishlar davomida “Xorazm Avtosavdo” MCHJ dilerlik korxonasi faoliyatida bir qator xato va kamchiliklarga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi namoyon bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan. 

Avtosalon hamda ta’mirlash uchastkasida xavfsizlik, sanitariya holati belgilangan tartibga mos emas, avtosalon savdo bo‘limi zarur va yetarli darajada xodimlar bilan ta’minlanmagan. Avtomobillarni saqlash va mijozga yetkazib berish bo‘ycha bir qancha kamchiliklar majud bo‘lgan. Sotuv oldi ko‘rigi uchastkasi standart asosida tashkil qilinmaganligi sababli ayrim avtomobillarga umuman bunday ko‘rik amalga oshirilmagan. 

Tekshiruv davomida avtosalonning avtomobillar saqlash omborida kamomad borligi, avtomobil ta’mirlash uchastkalarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimlar faoliyat yuritayotganligi holatlari aniqlangan. 

Shuningdek kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalar bo‘yicha muddatli to‘lovga sotilgan avtomobillar notariusdan tegishli tartibda rasmiylashtirib, taqiqqa qo‘yilmagan. 

Avtosalonda axborotlar doimiy ravishda yangilanmagani, korxonada Call-markaz faoliyatining tegishlicha tashkil etilmaganligi xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida bir qator noqulayliklar tug‘dirgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar natijasida “Xorazm Avtosavdo” dilerlik korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors dilerlik

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing