UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019 8243 1 daqiqa
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi. Bu haqda kompaniya xabar bermoqda. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.
Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.
2019 yilning iyul oyida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi aytilgan edi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019 yil oxiridan yetkazib beriladi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025