UzAuto Motors 26 yil ichida nechta avtomobil ishlab chiqargani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, avvalroq joriy yilning 3-4 iyul kunlari O‘zbekistondagi OAV xodimlari uchun UzAuto Motors zavodiga media-tur uyushtirilgani haqida ma’lum qilgan edik. 

Media-tur davomida jurnalistlar yaqindagina nomi o‘zgartirilgan UzAuto Motors (oldingi nomi GM Uzbekistan) zavodining to‘liq faoliyati bilan tanishtirildi.

Media-turda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, zavodga tashkil etilgan mediya-tur davomida 1996 yilda Asaka shahrida tashkil topgan avtomobil zavodida shu kunga qadar 3 mln 155 mingdan ortiq mashina ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi. Ishlab chiqarish boshlangandan beri ichki bozorda kompaniya 2 mln 150 mingga yaqin avtomobil sotgan.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 220 667 tani tashkil etgan. Joriy yilda rejaga muvofiq, 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kerak. Ammo ichki va tashqi bozordagi talabdan kelib chiqqan holda UzAuto Motors zavodi bu yilgi ishlab chiqarish hajmini 270 mingga yetkazishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors Media-tur

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing