“O‘zatom” delegatsiyasi “Silovыye mashinы” kompaniyasiga bordi

Jamiyat

image

Atom elektr stansiyasi (AES) uchun uzoq muddatli uskunalarni ishlab chiqarish tajribasini o‘rganish, shuningdek tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun "O‘zatom" agentligi delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi (Rossiya Federatsiyasi) "Silovыye mashinы" AJK ishlab chiqarish ob’ektlarida bo‘ldi.

Tashrif doirasida delegatsiya gidravlik, issiqlik va atom elektr stansiyalari uchun turbinalar ishlab chiqaruvchi Leningrad metall zavodida, Yaponiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan, bugungi kunda energiya mashina qurilishi sohasida ilg‘or kompleks ta’minotchi bo‘lgan transformatorlar ishlab chiqaruvchi korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Zavodning asosiy mahsuloti 110–750 kV quvvati 25 MVA dan ortiq bo‘lgan, jumladan uch fazali kuchlanish transformatorlaridir.

Tanishuv jarayonida "Silovыye mashinы" AJK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ular sotuvga chiqariladigan ham Rossiya Federatsiyasidagi ichki bozor, ham yaqin va uzoq xorij mamlakatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil boshidan "Rosatom" O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. "Rosatom" davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga ko‘ra, AESda har birining quvvati 1 ming 200 MVt bo‘lgan ikkita energoblok bo‘ladi. AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zatom AES

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing