O‘z akasiga 9 marta pichoq urgan uka 7 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aka-uka o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv oqibatida uka o‘z akasiga 9 marta pichoq urdi. Aka tirik qoldi, biroq uka 7 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, 19 yoshli yigit kechki payt onasi bilan televizor ko‘rib o‘tirib, qaysi kanalga olish ustida tortishib qolgan. Shu payt yigitning akasi kelib, ukasiga shovqin ko‘tarmaslikni aytgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng, ularni ona va to‘ng‘ich aka ajratgan. 

Dastlab, uka jahl ustida oshxonaga kirib, pichoq olgan va hovlida turgan akasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Aka ko‘chaga qochib chiqqandan keyin ham uka unga yetib olib, bir necha marotaba pichoq urgan. Qo‘shnilar chiqib qolgani sabab, uka o‘z ishini “oxirgacha” yetkaza olmagan. Voqea joyidan qochgan yigit Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga duch kelgan va o‘zini ularga topshirgan.

Garchi aka tanasining 9 joyidan pichoqlangan bo‘lishiga qaramasdan tirik qolgan. Sud tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, yigitda ko‘krak qafasining old va orqa, o‘ng va chap yuzalarida, ikki yelka sohalarida, bel va qorin bo‘shlig‘ida pichoq bilan kesilgan jarohatlar aniqlangan. Jigari ham zarar ko‘rgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan yigit aybli, deb topilgan. Uning muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvchi bilan yaqin qarindoshligi hamda da’vo arizasining yo‘qligi inobatga olinib, kodeksning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartib kaloniyalarida o‘tash belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing