Uylarni ulush kiritish asosida qurish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
30 may 2020
6998O‘zbekiston Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslar (ulushdorlar)ning mablag‘larini jalb qilish faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Mablag‘larni jalb qilish uchun quruvchi va ulushdor o‘rtasida shartnoma tuziladi va belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi.
Quruvchilar qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchi bilan yoki qurilish-pudrat tashkilotlarini (bosh pudratchini) jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda bosh pudratchi qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.
Qaror bilan Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom talablari u amalga kiritilgunga qadar 2020 yilda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan qurilish majmualariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qaror bilan shuningdek, Qurilish vazirligi markaziy apparatida Ulush kiritish asosida qurilish bozorini rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi.
LiveBarchasi