Uyini majburan tashlab ketganlar soni rekord darajaga yetdi. Qaysi davlat yetakchi?
Olam
−
12 may 2023
147442022 yilda urushlar, zo‘ravonliklar va tabiiy ofatlar tufayli dunyoda 71,1 million kishi o‘z mamlakatlaridagi odatiy yashash joylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Norvegiya Qochqinlar Kengashi (IDMC) qoshidagi Ichki ko‘chish monitoringi markazi ma’lum qildi.
Markaz rahbari Yan Egelanga ko‘ra, 2022 yildagi urushlar va tabiiy ofatlarning "mukammal bo‘roni" misli ko‘rilmagan miqyosda ichki ko‘chishga olib kelgan.
IDMC ma’lumotlariga ko‘ra, esa ko‘p odamlar yil davomida o‘z yashash joyini bir necha marta o‘zgartirishga majbur bo‘lgan va 2022 yilda 60,9 million bunday harakat sodir bo‘lib, bu 2021 yilga nisbatan 60 foizga ko‘pdir.
Keltirilishicha, faqat urushlar va zo‘ravonliklar tufayli dunyoning 65 ta davlatida 62,5 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p (28,3 million kishi).
Suv toshqinlari yoki qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari tufayli 88 mamlakatda 8,7 million kishi o‘z odatiy yashash joylarini tark etgan. Bu esa 2021 yilga nisbatan 45 foizga ko‘pdir (32,6 million ko‘chish).
Umuman olganda, 2022 yilda ichki ko‘chirilganlarning deyarli to‘rtdan uch qismi o‘nta mamlakatda yashaydi. Bular Ukraina, Sudan, Suriya, Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Kolumbiya, Efiopiya, Yaman, Nigeriya, Somali. Ukrainadagi to‘qnashuvlar mamlakat aholisining 16,9 million kishining ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi, bu butun tadqiqot davridagi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
IDMC hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi ichki ko‘chirilganlar soni 5,914 million kishini tashkil qilgan. Mamlakat ichidagi ko‘chirilishlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Pokiston joylashgan bo‘lib, u yerda 1 milliondan ortiq odam kuchli suv toshqinlari tufayli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Mamlakatda 8,2 milliondan ortiq ko‘chirilish qayd etilgan.
Filippinda tabiiy ofatlar, mojarolar va zo‘ravonliklar tufayli 630 mingdan ortiq kishi ichki ko‘chirilgan (5,5 million kishi).
LiveBarchasi