Uyga xush kelibsan, Xavi – “Barselona”

Sport

image

“Barselona” Xavi Ernandes bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, Xavi joriy mavsum yakuniga qadar va yana ikki mavsum “Barsa” bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar bergan.

Shartnomaga ko‘ra, “Barselona” Xavi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

“Bu bo‘lishi kerak edi. Uyga xush kelibsan”, deb yoziladi xabarda.

41 yoshli mutaxassis ishtirokidagi matbuot anjumani 8 noyabrda o‘tishi kutilmoqda. Xavi 2019 yildan beri “Al Sadd” ustozi sifatida ishladi va dohaliklar bilan 7 ta titul egasiga aylandi.

Xavining “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi sifatidagi tanishtirish marosimi Kamp Nouda jamoatchilik uchun ochiq holda o‘tkaziladi.

Avvalroq, Qatarning “Al-Sadd” klubi Xavi Ernandesni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Xavi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U 1998-2015 yillarda “ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig‘ida 767 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta mukofotni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing