Uydan turib koronavirusga tashxis topshirsa bo‘ladimi?

Jamiyat

image

Bugun, 22 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tdi. Mutaxassis uydan chiqmay tashxis topshirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

“Fuqaroda shunday ehtiyoj tug‘ilsa, avvalambor, shifokorlar bilan maslahatlashish kerak. Biroq bugungi kunda bu amaliyotga joriy etilmayapti. Buning sababi, bor bo‘lgan barcha muassasalarimizdagi xodimlarimiz uzluksiz va tizimli ravishda ishlamoqda. 

Agar uydan turib tashxis olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarimiz soni yetarli darajada bo‘lsa, bu masala kelgusida ko‘rib chiqilishi mumkin”, dedi  Bahrom Almatov.

Ma’lumot o‘rnida, 22 mart kungi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

462

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing