Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
08 mart 2022 6461 1 daqiqa
O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.
Nazirjon Tohirjonovich Nazirov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Ozoda Abdurahimovna Jo‘rayeva tayinlandi. Shu kungacha u Navoiy shahridagi «Humo Zilola barhayot» professional boshqaruv kompaniyasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi