Uy iti besh yoshli bolani tishlab o‘ldirdi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida uy iti besh yoshli bolani tishlab o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 18 may kuni Krasnoyarsk shahridagi Kaurova ko‘chasida joylashgan uy hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bola uy hayvoni bilan hovlida o‘ynagan. O‘yin davomida hayvon uni tishlab, uyqu arteriyasiga zarar etkazgan.  

Olingan jarohatlar oqibatida bola vafot etgan. Uning jasadini ko‘chaga chiqqan otasi topgan.

Tergovchilar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismiga (“Ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lish”)ga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing