O‘zbekiston huquq sohasi og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 fevral kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Isroil davlatiga borgan 1940 yil tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Marat Zohidov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi xabar bergan.

Matematik professor Marat Zohidov huquq himoyachisi sifatida 30 yil faoliyat yuritdi.

U O‘zbekiston Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti bosh kotibi, O‘zbekiston shaxs huquqini himoya qilish qo‘mitasi asoschisi edi.

Marat Zohidov 1952-1956 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining prezidenti bo‘lgan olim Tesha Zohidov oilasida tug‘ilgan. Moskva Davlat universitetini bitirib, Toshkent Davlat universitetita o‘qituvchilik qilgan.

Elchixona Konsullik bo‘limi tomonidan tashkiliy va yuridik masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilgan.

Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhum Marat Zohidovning jasadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi.

QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing