O‘tgan yili YTHda 263 nafar bola halok bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli, 2023 yilda jami 16 mln dan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan, jumladan 13 milliondan ko‘p qo‘pol qoidabuzarlik, 42 mingga yaqin  transport vositasini mast holda boshqarish, 300 mingdan ortiq  piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.

Bu haqda bugun 28 fevral kuni IIVning 2023 yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan berilgan axborotida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro qurbon bo‘lgan.

Eng achinarlisi, 2023 yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola vafot etgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing