O‘tgan olti oyda QQS bo‘yicha tushum 2 trlnga kamaydi – Timur Ishmetov
Jamiyat
−
26 avgust 2020
5187O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trln so‘mga ko‘p mablag‘lar undirilgan. Yilning birinchi choragida soliq daromadlari birinchi chorakka nisbatan - 1,7 trln so‘m yoki 7 foizga pasaygan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgan Davlat budjetining 2020 yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan ma’ruzasida so‘z boradi.
Mart oyining uchinchi dekadasidan karantin bo‘yicha qat’iy cheklovlar kiritilishi ayrim yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyatining to‘xtashi yoki faolligining qisqarishi tufayli hamda berilgan soliq imtiyozlarini ham inobatga olgan holda, ikkinchi chorakda soliq daromadlari birinchi chorakka nisbatan - 1,7 trln so‘m yoki 7 foizga pasaydi.
Umuman olganda, joriy yilning 1 iyul holatiga soliq tushumlari 45,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 6,8 trln. so‘mga (17,2 foiz) ko‘p mablag‘lar undirilgan.
Tushumlarni asosiy soliqlar kesimida qisqacha tahlil qilinganda, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 14,3 trln so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln so‘mga kamayib, yillik prognozga (44,2 trln so‘m) nisbatan esa 32 foizni tashkil etganini ko‘rish mumkin.
“Joriy yilning birinchi yarim yilligida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarning kamayishiga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 2019 yil 1 oktyabrdan 20 dan 15 foizga kamaytirilishi va tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy faolligining pasayishi kabi omillar ham ta’sir qilgan”, deydi Ishmetov.
Vazirning qayd etishicha, sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha QQS 12/36 oy davomida teng ulushlarda emas, balki bir yo‘la qoplanmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida soliq to‘lovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobardan ko‘proqqa o‘sib, korxonalar aylanma mablag‘larining qaytarilishini ta’minlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr