O‘tgan 9 oyda 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan – KQKA

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida O‘zbekistonda 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda. Qayd etilishi bo‘yicha, 647 nafar mansabdorning jinoiy javobgarlikka tortilishi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan 454 tasi sudlarga yuborilgan. 

Yilning o‘tgan 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya’ni 261 nafari yoki 40,3 foizi Jinoyat kodeksining 167-moddasida ko‘rsatilgan (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyatlarni sodir etgani aytilmoqda. 

Shuningdek: 

•  JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bilan 116 nafar shaxs; 

•  184-moddasi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan 68 nafar shaxs;

•  210-moddasi (Pora olish) bilan 56 nafar shaxs; 

•  205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan 24 nafar shaxs; 

•  206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan 9 nafar shaxs;

•  207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan 15 nafar shaxs; 

•  209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

O‘tgan 9 oy davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Karim Zaripov


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiya Korruptsiya qarshi kurashish agentligi

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing