O‘tda yonmas, suvda cho‘kmas – Artel Simfoniya oshxona plitalari qanday afzalliklarga ega?
Biznes
−
19 Oktabr 2020
12003Taom pishirayotib musiqa tinglashga nima bor? Ustiga-ustak Simfoniyani. Hozir qaynab turgan sho‘rvangiz yo gaz ustiga toshadi, yo oshingiz tagiga oladi. Qarabsiz-ki, ovqat ham, plitangiz ham rasvo bo‘ladi. Bu hozirgacha ko‘p bor uchragan holat. Yangi plitani xarid qilish esa do‘kondan gugurt olishdek osonmas. Ha, darvoqe hozir gugurtsiz yonadigan oshxona plitalari urfda. Qolaversa, bu plitalarda taom tayyorlayotib, televizor va telefonda musiqa tinglash shart emas. Ularning o‘z simfoniyasi bor!
Artel zavodida ishlab chiqarilgan yangi avlod plitalariga Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G deb nom berildi.
Oshxona plitalarining taqdimot marosimiga borayotib, xorij sifatini kutmagan edik. Ammo yangilishibsiz. Plitalarning imkoniyatlari, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib, yangi mahsulot boshqa mahalliy oshxona plitalaridan farq qilishini angladik.
Ovqat va musiqa, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Taom ingridiyentlari musiqa notalari kabi o‘zaro aralashib, go‘zal pazandalik simfoniyasiga aylanadilar. Artel'ning yangi pishiruvchilari – Artel Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G durdona asarlaringizni yaratishingiz va qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ og‘ziga tushib, mahallada duv-duv gap bo‘ladigan qadrdon va yangi ta’mlarni o‘ylab topishingizga yordam beradi.
Xo‘sh, "Simfoniya"lar boshqa oshxona platilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu haqda Artel oshxona plitalari ishlab chiqarish zavodi rahbari Dilshod Bobomurodov quyidagi ma’lumotlarni berdi:
U tejamkor. Yangi plitalarda Multi Flame texnologiyasidan foydalanilgan. Bu taomlarni ancha tezroq tayyorlash va gaz sarflanishini 20% gacha tejash imkonini beradi. Konforkadan chiquvchi olov ko‘plab kichik tuynuklardan o‘tib, qozonning pastki qismida to‘g‘ri taqsimlanadi.
U aniq! Flame Control texnologiyasi plita haroratini maksimal darajada aniq sozlashga imkon beradi.
U xavfsiz. Uyingiz yonsa ham, buni gazdan ko‘rmang. Taom tayyorlash jarayonida olov ustiga suv to‘kilsa, yoki boshqa sabablarga ko‘ra konforkadagi olov to‘satdan o‘chib qolsa, gaz nazorati funksiyasi o‘rnatilgan oshxona plitasi avtomatik o‘chish xususiyatiga ega.
U ishonchli. “Simfoniya”da taom tayyor bo‘lish vaqti va olovning haroratini xohishga ko‘ra belgilashingiz mumkin. Shuningdek, zamonaviy displey taom tayyorlash vaqtini aniq nazorat qilishga imkon beradi. Avtostart nomli qo‘shimcha funksiya, taom va pishiriqni duxovkaga oldindan joylash va pishirish vaqtini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
U viruslarga bardoshli. Duxovkaning ust qismiga biokeramika qoplangan. Unda bakteriyalar uzoq jon saqlamaydi. Biokeramika esa kuymaydi, sinmaydi, o‘ziga yog‘ni qo‘ndirmaydi. Eng afzali – yuvganda qirilmaydi. O‘tda yonmas, suvda cho‘kmas, deb shuni aytishsa kerak-da.
Bundan tashqari, biokeramika taomdagi mahsulotlarning foydali vitaminlarini maksimal darajada o‘zida saqlab qoladi va taomga lazzat bag‘ishlaydi.
Ko‘pincha mehmonga borsak, yo uyimizga mehmon kelsa, ko‘chadan shirinlik xarid qilamiz. Nega? Ko‘chadagisi a’lomi? Yo‘q, a’lo bo‘lib a’lo emas, ammo ustiyu tagi bir xil pishadi. Tagi kuymaydi, usti qoraymaydi. “Simfoniya” bilan siz ham shunday pishiriqlar tayyorlashingiz mumkin. Duxovkaning afzalliklaridan yana biri, u taomni bir maromda pishirib beradi. Italiya korxonasiga tegishli Cast Futura gaz gorelkalari taomlarni patnosini aylantirmasdan pishirish uchun qulay.
Xullas, uyingizga mehr ulashing, Artel “Simfoniya”sining ohangidan bahra oling.
Qo‘shimcha tafsilotlar uchun rasmiy veb-sayt artelgroup.org/category/ranges yoki Facebook'dagi rasmiy sahifaga fb.com/arteluzb tashrif buyuring.
Buyurtma qilish uchun: +998 78 777-10-10
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi