Tojikistonda Artel Avesto Electronics qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Biznes

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Tojikistonda Artel Avesto Electronics qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov, Tojikiston Respublikasi bosh vaziri  Qohir Rasulzoda, Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali qatnashdilar.

Yangi korxonaning, hatto, birinchi bosqichdagi yillik ishlab chiqarish quvvati kishini hayratga solishi mumkin – 60 000 dona suv isitgich va 50 000 dona changyutgich. Zavod maydoni esa 6000 kv metrni tashkil etadi. Alohida aytish lozimki, yangi zavodda hozirning o‘zida 140 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ikkinchi bosqichda esa ish o‘rinlari yanada ko‘paytiriladi. 

Yangi Artel zavodida COMI, ULVAC, Inficon kabi xalqaro darajada tanilgan korxonalarga tegishli ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan. Zavodda qo‘llanilgan zamonaviy texnologiyalar tufayli barcha ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatizatsiyalashtirilgan. Bundan tashqari, yangi zavodda ko‘p bosqichli sifat nazorati mavjud, mahsulotlar esa har bosqichda sinchkovlik bilan tekshiriladi. 

Alohida aytish joizki, Artel mahsulotlari Tojikistonda ham kafolat muddatiga ega. Endilikda barcha Tojikistonlik iste’molchilar 3 yillik kafolat muddati davomida quyidagi servis xizmatlaridan foydalanishlari mumkin: 

•  mutlaq bepul servis xizmati;
•  mahsulotni bepul ta’mirlash xizmati;
•  ehtiyot qismlarni bepul almashtirish. 

Kafolat bo‘yicha servis xizmatlari Artel rasmiy servis markazlarida amalga oshiriladi. Tojikistonlik iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida servis markazlari qo‘shni davlatning barcha viloyatlarida tashkil etilgan. 

Xalqaro qo‘shma korxona tashkil etilishi nafaqat Artel kompaniyasi yoki davlat iqtisodiyoti rivojlanishiga, balki aholi hayoti darajasi ko‘tarilishiga ham hissa qo‘shadi. Misol qilib aytganda yangi Artel zavodi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Tojikiston bozorlariga mahsulot yetkazib berishda xarajatlarni pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, chet ellik hamkasblar bilan tajriba almashish va shu tajriba asosida yanada sifatli va funksional mahsulot yaratish.

Bularni hisobga olgan holda bugunning o‘zida Artel kompaniyasini  raqobatga bemalol dosh bera oladigan xalqaro korxona deb atasa, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.   

Facebook
Instagram
Telefon raqami: + 998 (78) 148 88 88
Sayt: artelgroup.org


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Artel Artel Avesto Electronics

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing