O‘ta muhim masalani muhokama qilish uchun yig‘ildik – Prezident raisligidagi videoselektor boshlandi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
11847Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
“Barchangizga ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimiz hayotida g‘oyat muhim davr boshlanmoqda. Bu – yangi taraqqiyot va milliy yuksalish davridir”, dedi Prezident tadbir avvalidagi nutqida.
Shavkat Mirziyoyev 35 milliondan iborat ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi dunyodagi rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, adolatli, erkin va obod jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar bilan yashayotganini urg‘uladi.
“Bugun biz jonajon O‘zbekistonimizning uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta muhim masalani muhokama qilish uchun yig‘ildik”, degan Prezident Mirziyoyev.
LiveBarchasi