Usmonov homiyligidagi klub Trampning hamkorlariga sotilishi mumkin
Sport
−
14 iyun 2022
7506Angliyaning “Everton” klubi xo‘jayini Farhod Moshiri AQSHning 44-Prezidenti Donald Trampning sobiq hamkori va maslahatchisi Jon Tornton bilan klubni sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Moshiri va uning homiysi Alisher Usmonov to‘rt kishidan klub ulushini sotish bo‘yicha taklif olgan. Muzokaralarda eng katta muvaffaqiyatga turli vaqtlarda “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ning bosh direktori lavozimida ishlagan tadbirkor Piter Kenon erishgan.
Kenon amerikalik magnat Matsiyek Kaminski va milliarder oltin konchisi Jon Torntonni o‘z ichiga olgan konsorsiumni boshqaradi. Manbaga ko‘ra, Tornton AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan yaqin aloqada bo‘lgan. U Xitoy bilan savdo muzokaralarida Trampning maslahatchisi sifatida ishlagan.
Tomonlar allaqachon bir nechta uchrashuvlar o‘tkazgan va turli hisob-kitoblarga ko‘ra, xaridorlarga “Everton”ni sotib olish 1 milliard funt sterlingga tushishi mumkin. Biroq hozirda muzokaralar yakunlanganicha yo‘q.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi