Usmonxon Alimov AQSH tinchlik institutida nutq so‘zladi
Jamiyat
−
23 may 2019 4608 1 daqiqa
Vashingtondagi AQSH tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov nutq so‘zladi.
Kecha muftiy haziratlarini iftorga taklif qilgan AQSH tinchlik institutida bugun O‘zbekiston delegatsiyasi bilan davra suhbati kechdi. Muftiy o‘z nutqida e’tiborni diniy erkinlikni ta’minlash borasida qilinayotgan islohotlarga qaratdi.
“Jaholatga jaholat emas, ma’rifat bilan javob berishimiz kerak”, degan gapi juda iliq qarshi olindi. Uni tinglagan ekspertlar, tahlilchi va faollar O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, oshkoralik va adolat uchun sharoitni yaxshilab, e’tiqod bilan bog‘liq savol va tanqidlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
O‘zbekiston rasmiylari ta’kidladiki, mamlakat bugungi yo‘lidan orqaga qaytmaydi. Muftiy bilan kelgan deputat Akmal Saidovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, O‘zbekiston “alohida xavotirga molik davlatlar” qatorida bo‘lishni va bunday ro‘yxatlarga qayta tushishni aslo istamaydi. Respublika yaqingacha AQSHning mana shunday tamg‘asi ostidagi mamlakat edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025