“Usmon mushafi” restavratsiya qilinadi
Jamiyat
−
02 may
7721Toshkentda saqlanayotgan qadimiy Qur’on qo‘lyozmasi – "Usmon mushafi" restavratsiya qilinadi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, bu muqaddas kitobni konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan.
Loyihada xorijlik mutaxassislar, jumladan Kembrij universitetidan Kristin Ros, fransiyalik restavratorlar Aksel Delo va Korali Barbe, shuningdek, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar ishtirok etmoqda.
"Mutaxassislar har bir sahifani sinchiklab ko‘zdan kechirib, bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqadilar. Ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shadigan barchaga minnatdorlik izhor etaman. Birgalikda biz muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qola olamiz", deb yozgan Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, “Usmon mushafi” Qur’oni karimning eng qadimiy nusxalaridan biri bo‘lib, VII asrda hijoz xatida yozilgan. U O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey kutubxonasida Germaniyadan keltirilgan mo‘’tadil tabiiy iqlim sharoitida asrashga mo‘ljallangan maxsus moslamada saqlanadi.
LiveBarchasi