Usmon Dembele rasman PSJ futbolchisiga aylandi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Usmon Dembele PSJ bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Parij klubi 26 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan 5 yillik shartnoma imzolagan. Kelishuv summasi 50 million yevroni tashkil qiladi. Uning yarmi Dembele va uning agentiga nasib qiladi.

Ma’lumot uchun, Dembele o‘tgan mavsumda “Barselona” safida 35 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchining hisobida 8 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Dembele “ko‘k-anorranglilar” tarkibida 3 marta Ispaniya chempioni, 2 marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Usmon Dembele

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing