Usmonov 30 yillik turmushdan keyin rafiqasi bilan ajrashyapti

Olam

image

Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov 30 yillik turmush o‘rtog‘i, Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Moskvaning Krilatsk tumani sudyasi tadbirkorning da’vosini 7 iyun kuni ko‘rib chiqadi”, deyiladi xabarda.

Sudning aniqlik kiritishicha, Usmonov ushbu fuqarolik ishida da’vogar, Viner-Usmonova esa javobgar hisoblanadi.

Alisher Usmonov Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan. Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat bugun, 19 may kuni bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgan.

Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing