Usikning Toshkentga safari yakunlandi
Sport
−
15 noyabr 2023
4894Superog‘ir vazn toifasida uchta yo‘nalish chempioni Aleksandr Usikning O‘zbekistonga safari o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, u bugun, 15 noyabr kuni Londonga jo‘nab ketgan. Usik britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi jangiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etadi.
“Hammasi uchun rahmat. Barchasi ajoyib tarzda o‘tdi. Tashkilotchilik a’lo darajada bo‘ldi, yuqori saviyadagi tadbir”, deydi Usik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik bokschining Fyuriga qarshi jangi sanasi va manzili aniq bo‘lgani xabar qilingandi. Og‘ir vazn qirollari kelasi yili ringda o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.
LiveBarchasi