Usikka Fyuri bilan jang qilish uchun rekord darajadagi summa taklif qilingan

Sport

image

WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usikka Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazish uchun rekord darajadagi mablag‘ – 40 million dollar taklif qilingan. Bu haqda promouter Bob Arum ma’lum qildi.

“Bularning barchasi aqlga sig‘maydigan narsalar. Bu kelishuvlar uchun kim pul to‘laydi? Kim bunga rozi bo‘ldi? Bu g‘irt bema’nilik. Usik Fyuri bilan jang qilishga rozi bo‘ladi va buning uchun u 40 million dollar oladi. Yoki keyinchalik shartnomaga shu 40 million 50 yil davomida to‘lanishi qo‘shib qo‘yiladi. Bu yerda mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ko‘p narsalar bor”, deydi Arum.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 26 sentyabr kuni professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlari uchun o‘tkazilgan bahsda Aleksandr Usik boshqa bir britaniyalik bokschi Entoni Joshuani 117:112, 116:112, 115:113 hisobida mag‘lub etgan edi. To‘liq 12 raund davom etgan ushbu jangda Usik bir yo‘la to‘rt yo‘nalishda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tayson Fyuri Usikdan ko‘ra ko‘proq Joshua bilan jang qilmoqchi ekanligini va bu muxlislar uchun ham ma’qul ekanligini ma’lum qilgan edi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing